Bölajak huquqşunoslar raqamli tahdidlarga qarşi kuraşga bugundan tayyorlanmoqda
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Samarqandda bölib ötgan Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqoti iştirokçilariga yöllagan murojaatlarida yoşlar raqamli tahdidlar oldida eng zaif qatlam bölib qolayotganini alohida taʼkidladilar. Bölajak huquqşunoslarni tarbiyalayotgan oliy taʼlim muassasasi uçun bu ustuvor vazifa va avvalo, öz faoliyatimizga yangiça nazar taşlaşga çorlov ham sanaladi.
Davlatimiz rahbari murojaatlarida kibermakon tarmoq orqali hujumlar uyuştiriş, jamoatçilik ongini boşqariş va yolğon axborot tarqatiş vositalari faol qöllanayotganligini, ular asosiy töqnaşuvlar maydoniga aylanganini qayd etdilar. «Terrorçi taşkilotlar raqamli muhitdan foydalanayotgani jiddiy taşviş uyğotadi», deya taʼkidladilar Prezidentimiz. Bu tahdidning köpçilik eʼtibordan çetda qoldirayotgan bir jihati bor. Bir neça yil oldin ekstremistik taşkilotlar asosan yoş yigitlarni onlayn radikallaştirişga eʼtibor qaratgan bölsa, bugun ularning nigohi tobora köproq xotin-qizlar va yoş qizlarga qaratilmoqda.
Ekstremistlar xotin-qizlarni yollaşning maxsus usullarini qöllamoqda
Terrorçilik taşkilotlari 2014-yildayoq ijtimoiy media orqali jahon miqyosida yollaş kampaniyasini boşlaganida erkaklar bilan bir qatorda ayollar va ösmirlarni ham nişonga oldi. Bu taşkilotlarga qöşilgan ayollar soni avvalgi guruhlardagidan ança köp böldi. 2019-yilda yirik xorijiy naşr xabaridan keyin TikTok uşbu taşkilotlar tarğibotini tarqatayotgan önlab akkauntlarni öçirgan edi. Ularning ayrimlari aynan yoş qizlarga möljallangan bölib, tarğibot videolari yurak va gul şaklidagi bezaklar, «jihodçi oşiq» kabi iboralar va jozibali musiqa bilan bezatilgan edi.
Odatda ekstremistlar xotin-qizlarga bevosita zöravonlik ğoyasi bilan emas, ularning qiziqişlari orqali yaqinlaşadi. Moda, turmuş tarzi, oila va döstlik haqidagi jozibali kontent asta-sekin radikal ğoyalar bilan aralaştirib boriladi. Jangariga turmuşga çiqiş romantik sarguzaşt sifatida körsatiladi, ayolning hamdardlik va adolat tuyğusidan foydalaniladi. Yevropa Ittifoqining Radikallaşuvdan ogohlantiriş tarmoği (RAN) materiallarida ham qizlarning ekstremistlar foydalanadigan zaif nuqtalari sifatida avvalo ularni hayotida yuz berayotgan oilaviy masalalarni ularga nisbatan bölayotgan kamsitiş deb singdiriş, ularga hamfikr «opa-singillik» muhitini yaratiş va şaxsiy savollarga javob izlaş körsatilgan.
Bu xavf uzoqda emas. Içki işlar vazirligi mutaxassisi F.Elmirzayevning «Moturidiylik» jurnalida çop etilgan tadqiqotida şunday holat keltiriladi. Farğona viloyatidagi kasb-hunar kollejining ikkinçi kursida öqiydigan 2006-yilda tuğilgan qiz ijtimoiy tarmoqda ekstremistik taşkilot jangarisining taʼsiriga tuşib, «onlayn nikoh»dan ötgan, otasiga tegişli 7 ming 250 AQŞ dollari miqdoridagi mablağni öğirlab, Suriyadagi jangarilarni qöllab-quvvatlaş uçun elektron şaklda yuborgan. Uşbu holatlar uşbu masalaga jiddiy qaraş zaruratini körsatadi.
Bu tahdidga qarşi kuraşda huquqşunos kadrlar hal qiluvçi örin tutadi
Ekstremizmga qarşi kuraş faqat maxsus xizmatlarning vazifasi emas. Bunday işlar odatda tergov, prokuror nazorati, advokat himoyasi va sud muhokamasidan ötadi. Ayni paytda aholining huquqiy savodxonligi ham köp jihatdan huquqşunoslarning maʼrifiy faoliyatiga ham boğliq. Şu bois bugungi yuridik taʼlim bölajak mutaxassisni nafaqat qonunni bilişga, balki raqamli muhitdagi yangi tahdidlarning mohiyatini tuşunişga ham tayyorlaşi kerak.
Buning dolzarbligini yangi qonunçilik ham körsatmoqda. Şu yil 3-noyabrdan kuçga kirgan ÖRQ-1185-sonli Qonun bilan ekstremizm tuşunçasiga aniq taʼrif berildi, javobgarlik tabaqalaştirildi. Taqiqlangan materialni birinçi marta saqlagan yoki tarqatgan şaxsga maʼmuriy javobgarlik qöllaniladi, ekstremistik taşkilot tuzganlar va uning faoliyatida iştirok etganlarga esa oğir jazo belgilandi. Jazoni ötaganlarni ijtimoiy moslaştiriş, ekstremistik faoliyat haqida xabar bergan fuqarolarni himoya qiliş tartibi joriy etildi. Bu normalarni töğri qöllaş, adaşgan yoş qiz bilan ongli ravişda jinoyat yöliga kirgan taşkilotçini ajrata biliş, inson huquqlarini hurmat qilgan holda dalillarni baholaş yuksak malakali huquqşunoslardan katta masʼuliyat talab etadi.
Universitetimizda talabalarning ğoyaviy immunitetini mustahkamlaş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda
Toşkent davlat yuridik universitetida yoşlarni yot ğoyalardan himoya qiliş masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Içki işlar vazirligi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar, Özbekiston musulmonlari idorasi vakillari iştirokida talabalar uçun muntazam ravişda seminar va treninglar ötkazib kelinmoqda. Bunday uçraşuvlar talabalarga tahdidning huquqiy, amaliy va diniy-maʼrifiy jihatlarini bir vaqtning özida anglaş imkonini beradi. Amaliyotçi mutaxassis ekstremistlar işlatadigan usullar va ularning huquqiy oqibatlari haqida hayotiy misollar asosida sözlab bersa, din ulamolari yot ğoyalarning asl dinimiz taʼlimotiga zid ekanini asosli dalillar bilan tuşuntirib berişmoqda.
Biz uçun ayniqsa qiz talabalarimizning xavfsizligi muhimdir. Ular bugun özlari raqamli tahdidlardan himoyalanişni örganar ekan, ertaga sudya, prokuror, tergovçi va advokat sifatida jamiyatni himoya qiladigan mutaxassislarga aylanadi. Bundan taşqari, huquqşunos talabalar öz bilimini tengdoşlari va aholi bilan bölişişi ham ularni boşqa soha vakillaridan ajratib turadi. Prezidentimiz tomonidan şu yili 6-noyabrda imzolangan volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştirişga oid Farmonida talabalar uçun ixtisosligiga mos «Kasbiy volontyorlik» dasturi hamda yoşlar orasida raqamli savodxonlik, internet xavfsizligi va kiberxavfsizlik könikmalarini oşiriş yönalişi belgilangani bu işni yangi bosqiçga olib çiqiş imkonini beradi. Yuridik oliygoh talabalari bugun mahalla va maktablarda, kollej va texnikumlarda bunday tadbirlarning faol iştirokçisiga aylanmoqda. Talabalarimiz har yili viloyatlar böyiça ötkaziladigan «huquqiy tarğibot poyezdlari»da faol qatnaşib, aholi örtasida huquqiy bilimlarni tarğib qilmoqda. Kelgusida ular virtual tahdidlarga qarşi kuraşiş, yoşlarning virtual maʼrifiy immunitetini oşiriş işlarida ham faol iştirok etadi.
Yuridik taʼlim raqamli davr tahdidlariga javob bera oladigan tarzda rivojlanişi lozim
Xorijiy tajriba ham huquq va maʼrifat uyğunligi samara berişini körsatmoqda. Estoniyada «veb-konstebllar» deb ataluvçi politsiya xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda oçiq faoliyat yuritib, foydalanuvçilarni xatarlardan ogohlantiradi. Germaniyadagi Juuuport loyihasi yoşlarga internetdagi xavf-xatarlar böyiça anonim maslahat beradi. Misrdagi Al-Azhar Ekstremizmga qarşi kuraş observatoriyasi internetdagi ekstremistik ğoyalarni bir neça tilda kuzatib, ularga raddiyalar tayyorlaydi.
Bu tajriba va öz amaliyotimizdan kelib çiqib, yuridik taʼlimda bir qator yönalişlarni kuçaytiriş maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Birinçidan, raqamli muhitda ekstremizmga qarşi kuraşning huquqiy asoslari, elektron dalillarni töplaş va baholaş masalalarini öquv maşğulotlarida va amaliyotga asoslangan dual taʼlimda talabalarga kengroq yoritiş lozim. Ikkinçidan, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va din arboblari bilan hamkorlikda ötkazilayotgan seminar va treninglarni amaliy maşğulotlar, vaziyatli masalalar va qöşma ilmiy tadqiqotlar bilan boyitiş maqsadga muvofiqdir. Uçinçidan, qiz talabalar orasidan tengdoşlarga maslahat beruvçi yoş trenerlar tayyorlaş, ularni maktab va mahallalardagi maʼrifiy işlarga jalb etiş foydali böladi.
Bu örinda ota-onalar ham ogoh bölişi şart. Qizning kutilmaganda oilasidan uzoqlaşişi, telefondagi muloqotlarini yaşira boşlaşi, sirni saqlaşni talab qiladigan yangi «döst» paydo bölişi, qaraşlarining keskin özgarişi ogohlantiruvçi belgilar bölişi mumkin. Bunday paytda taqiqlaşdan köra samimiy suhbat va mutaxassis yordami samaraliroq natija beradi.
Prezidentimiz murojaatlarida xavf-xatarlarga faqat tezkor munosabat bildiriş bilan çeklanmasdan, ularning oldini oliş zarurligini taʼkidladilar. Oldini olişning eng işonçli yöli esa bilim va maʼrifatdir. Huquqiy bilimga ega, tanqidiy fikrlaydigan va öz eʼtiqodini anglagan yoşlarni heç qanday yot ğoya yöldan ozdira olmaydi. Bunday yoşlarni tarbiyalaş esa biz, pedagoglar zimmasidagi şarafli vazifadir.
Bekzod MUSAYEV,
TDYUU Biznes huquqi va
sud himoyasi fakulteti dekani.