Bokschilarimiz Bokuda 5 ta medalli bo‘ldi
Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida “Geydar Aliyev” xalqaro xotira turnirida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqaning vazni -66 kg. bo‘lgan bokschilar orasida Kamronbek Hamdamov barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, -75 kg. vazndagi bokschimiz Shaxriyor Rasuljonov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Shuningdek, Bekzod Ismoiljonov, Rushan Saydullayev va Umarjon Nazarov o‘z vazn toifalarida bronza medaliga ega chiqdi. Shu tariqa terma jamoamiz nufuzli musobaqani 2 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan yakunladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA