“Bir million daraxt” aksiyasi ötkazildi
“Yuksaliş” harakati atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda böliş ğoyalarini tarğib qiliş maqsadida 2019-yildan buyon mamlakatning turli hududlarida “Bir million daraxt” aksiyasini ötkazib kelinmoqda.
Şunday tadbirlardan biri Nukus şahridagi respublika endokrinologiya dispanserida ötkazildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolböyi xalqaro innovatsiya markazining kömagida taşkil etilgan tadbirda aksiyani ötkaziş böyiça hamkor taşkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur taşabbusning maqsadi, atrof muhitni himoya qiliş, hudud gözalligini yanada orttiriş, tabiatning sofligini saqlaş hamda kökalamzorlaştiriş işlarini amalga oşiriş yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Jumladan, aksiyada nodavlat notijorat taşkilotlari, Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi, şuningdek respublika endokrinologiya dispanseri jamoasi faol iştirok etdi. Tadbir doirasida 100 dona manzarali daraxt köçatlarini ekiş işlari olib borildi.

—Uşbu ekilgan köçatlarning keyingi parvarişlaş va mazkur hududni obod saqlaşni respublika endokrinologiya dispanseri jamoasi öz zimmasiga oldi, — deydi “Yuksaliş” harakati Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölinmasi rahbari Tajibay Romanov. — Amalga oşirilayotgan mazkur aksiya hududlarni kökalamzorlaştirişga hissa qöşibgina qolmay, jamiyatda ekologik ong va tabiatga ehtiyotkorona yondaşuv kabi qadriyatlarni şakllantiradi. Turli avlod vakillarini, ayniqsa, ösib kelayotgan yoşlarni jalb qiliş orqali bu taşabbus barqaror kelajak uçun mustahkam asos böladi.

Mazkur aksiya hududlarni kökalamzorlaştiriş bilan birga jamiyatda ekologik ongni oşiriş, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni şakllantiriş hamda yaşil va toza tabiat uçun mustahkam asos yaratişga xizmat qiladi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri