Banka ichiga yashirilgan giyohvandlik vositasi
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Urganch shahrida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Urganch shahrida yashovchi fuqaroning uyi ko‘zdan kechirilganida, uyning yotoqxona qismida 3 litrlik banka ichida og‘irligi 34,9 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA muxbiri