Endi prognozlar aniqroq bo‘ladimi? (+video)
Ob-havo prognozlari bugun faqat ertangi yomg‘ir yoki quyosh haqidagi ma’lumot emas. U aviatsiya xavfsizligi, transport tizimi va hatto insonlar xavfsizligi bilan ham bevosita bog‘liq.
O‘zbekistonda endilikda gidrometeorologiya infratuzilmasi va aviatsiya parvozlari xavfsizligini ta’minlash tizimi yangi bosqichga olib chiqilmoqda.
Ushbu tizim xavfsizligini yanada kuchaytirish bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi.
Xo‘sh, qaror bilan yangi qor monitoring tizimi, real xavflarni — sel va qor ko‘chishini, oldindan aniq ayta oladimi?
Aeroportlardagi yangi meteorologik stansiyalar, reys kechikishlarini kamaytiradimi yoki umuman yo‘q qiladimi?
Real vaqt ma’lumotlar tizimi, ob-havo prognozini aniqroq qilishda hal qiluvchi burilish bo‘ladimi?
O‘zbekiston Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti va Jahon meterologiya tashkiloti standartlariga moslashsa, aviatsiyada qanday real o‘zgarishlar bo‘ladi?
Bugungi eng katta muammo nima — texnika yetishmasligimi yoki ma’lumotni tez va to‘g‘ri tahlil qilishmi?
Ushbu savollar bilan mutaxassisga yuzlandik.
<iframe width="1415" height="796" src="https://www.youtube.com/embed/sdXduweRIdk" title="Endi prognozlar aniqroq bo‘ladimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev (video), O‘zA