Bağrikenglik - birdamlik va totuvlik belgisi (+video)
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi qaroriga muvofiq har yili 16-noyabr - Xalqaro bağrikenglik kuni sifatida keng nişonlanadi.
Özbekistonda uşbu sana munosabati bilan anʼanaviy ravişda “Bağrikenglik haftaligi” ötkaziladi.
Haftalik tadbirlari doirasida bugun Özbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömitasi va bir qança taşkilotlar vakillari “Yangi Özbekiston” boğida Mustaqillik monumenti poyiga gulçambar qöyib, xalqimizning ozodlik yölidagi jasoratiga ehtirom bildirdi.
Söng “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt köçatlari ekildi. Köçat ekiş tadbiri turli millat vakillarini atrof-muhitni asraş va yaşil hududlarni kengaytirişdek umumiy maqsad yölida birlaştirdi.
[gallery-32559]
Şuningdek, haftalik doirasida “Diniy bağrikenglik” kökrak nişonini topşiriş marosimi ham bölib ötdi. Din işlari böyiça qömitada bir guruh yurtdoşlarimiz “Diniy bağrikenglik” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Tadbirda vazirlik va idoralar, jamoat taşkilotlari, diniy konfessiyalar vakillari, milliy madaniy markazlar faollari, diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlaşga munosib hissa qöşib kelayotgan hamyurtlarimiz, şuningdek OAV vakillari iştirok etdi.
Haftalik doirasida ötkazilayotgan tadbirlar 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari örtasidagi muloqotni kengaytiriş, yoşlarni mamlakatimizdagi madaniy xilma-xillik bilan yaqindan taniştiriş hamda jamiyatda özaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlaşga qaratilgan.
N.Rahmonova, N.Abduvoitov, D.Yoqubov (video), F.Abdurasulov (surat), S.Obidjonov (montaj),
ÖzA