Mulkdorlarga Yangi Toşkentdan uy-joy oliş şartlari taqdim etilmoqda
Toşkent şahrida amalga oşirilayotgan renovatsiya jarayonlari doirasida köçib ötiş va uy-joy şaroitini yaxşilaşni rejalaştirayotgan aholi uçun yana bir muhim qulaylik va keng imkoniyatlar eşigi oçilmoqda. Poytaxt hokimligi axborot xizmatining xabariga köra, endilikda fuqarolarga Yangi Toşkent hududidan zamonaviy uy-joylar ajratiş mexanizmi joriy etilmoqda.
Uşbu yangi va samarali mexanizm Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-noyabrdagi tegişli Farmonida nazarda tutilgan bölib, u şaharsozlik jarayonlarini yanada takomillaştiriş va aholi manfaatlarini töla taʼminlaşga qaratilgan.
Mazkur taşabbusning asosiy öziga xosligi şundaki, Yangi Toşkent hududida mulkdorlarga mavjud xonadon maydonidan boşlab, uning 150 foizigaça bölgan hajmda uy-joy beriş közda tutilmoqda. Masalan, agar oilaning amaldagi xonadoni 50 kvadrat metrni taşkil etsa, variantlardan biri sifatida maydoni 75 kvadrat metrgaça bölgan yangi uy-joy taklif etilişi mumkin.
Şuningdek, boşqa muqobil yeçimlar ham mavjud. Jumladan, 70 kvadrat metr maydonga ega bitta xonadon örniga oilaga 105 kvadrat metrgaça bölgan bitta kengroq uy yoki ikkita alohida xonadon (masalan, 45 va 60 kvadrat metr maydonli uylar) taklif qilinişi mumkin.
Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, bular qatʼiy kafolatlangan yoki majburiy şartlar emas, balki qulaylik yaratişga qaratilgan şartli misollardir. Har bir holat köçmas mulkning öziga xos xususiyatlari hamda mulkdorlarning real ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda individual tartibda körib çiqiladi. Bunda takliflarni tayyorlaş jarayoniga mustaqil taşkilotlar jalb etilib, xonadonlar maydoni, soni va boşqa barça şartlar tomonlarning özaro kelişuvi asosida hal etiladi.
Albatta, bu borada fuqarolarning tanlov erkinligi taʼminlanadi. Ayrim oilalar uçun özlari örgangan, qadrdon tumanida qoliş muhim bölsa, boşqalar uçun zamonaviy talablarga javob beradigan kengroq uy-joyga ega böliş hamda jadal surʼatlarda rivojlanayotgan Yangi Toşkentga köçib ötiş maqbulroq tanlov hisoblanadi. Eng muhimi, endilikda renovatsiya doirasida har bir oilaning manfaatlarini hisobga olgan holda eng maqbul yeçimni topiş uçun yangi yöl oçilmoqda.
Mazkur yangi imkoniyatlar qatorida asosiy va özgarmas tamoyillar ham öz kuçida qoladi: mulkdorlarning qonuniy huquqlarini sözsiz himoya qiliş, amalga oşirilayotgan barça jarayonlarning şaffofligini taʼminlaş va kompensatsiya şartlarini özaro kelişiş şular jumlasidandir.
ÖzA