Vauçer tizimi bandlikni taʼminlaşning zamonaviy mexanizmiga aylanmoqda
Aholini, ayniqsa, xotin-qizlar va yoşlarni mehnat bozorida talab yuqori bölgan zamonaviy kasb-hunarlarga öqitiş, taʼlim xizmatlari bozorida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş maqsadida joriy etilgan vauçer tizimi özining amaliy samarasini bermoqda.
Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan eʼlon qilingan 2026-yilning yanvar–sentabr oylariga oid tahliliy körsatkiçlar mazkur mexanizm aholi bandligini taʼminlaşning muhim drayveriga aylanganini körsatmoqda. Hisobot davrida fuqarolarni kasbga tayyorlaş uçun jami 129 910 ta vauçer ajratilgan.
Tizimning ijtimoiy yönaltirilganligi va gender tenglikni taʼminlaşdagi örni raqamlarda yaqqol aks etmoqda. Jumladan, ajratilgan vauçerlarning 83,1 foizi yoki 107 973 tasi xotin-qizlar hissasiga, 21 937 tasi esa erkaklar uluşiga töğri keladi. Şuningdek, dastur qamrovining 40,9 foizini (53 120 nafarini) 30 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil etgani mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan avlod uçun keng imkoniyatlar yaratilayotganidan dalolat beradi. Bugunga qadar 95 310 nafar fuqaro öziga maʼqul taʼlim taşkilotini tanlagan bölib, ulardan 53 958 nafari öqişni muvaffaqiyatli tamomlab, tegişli malakaga ega böldi.
Ayni paytda 15 986 nafar tinglovçi öqişni davom ettirmoqda, 3 849 nafari esa maşğulotlar boşlanişini kutmoqda. Turli sabablarga köra öqişdan çetlaştirilganlar soni esa 21 517 nafarni taşkil etgan.
Vauçer tizimining eng muhim yutuqlaridan biri — kasbiy taʼlim sohasida davlat monopoliyasidan voz keçilib, xususiy sektor iştirokining keskin kengayganidir. Ayni vaqtda respublika böyiça 726 ta taʼlim muassasasi tasdiqlangan reyestrga kiritilgan bölib, ularning 416 tasi professional taʼlim taşkiloti, 301 tasi nodavlat taʼlim muassasasi, 8 tasi kasbiy könikmalar markazi va 1 tasi Oliy biznes maktabi hisoblanadi.
yeyestrda nodavlat taʼlim taşkilotlarining uluşi 41,5 foizga yetgan bölsa-da, tinglovçilar tanlovi böyiça ular yetakçilikni qölga olgan — 43 180 nafar fuqaro aynan xususiy öquv markazlarida taʼlim olişni maʼqul körgan. Professional taʼlim taşkilotlarida 38 625 nafar, kasbiy könikmalar markazlarida 12 619 nafar va Oliy biznes maktabida 886 nafar fuqaro öqişga jalb etilgan. Hududlar kesimida taʼlim infratuzilmasining rivojlanişi böyiça Andijon (74 ta), Namangan (68 ta), Samarqand (67 ta) va Farğona (65 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi (67 ta) eng yuqori körsatkiçlarni qayd etgan.
Taʼlim yönalişlari tahlili aholi orasida özini özi band qiliş va qisqa muddatda daromad topiş imkonini beruvçi amaliy kasblarga talab yuqori ekanini körsatmoqda. Tizim doirasida mavjud 41 ta yönaliş orasida zamonaviy pardalar tikiş (42 117 ta vauçer, 120 soat) mutlaq peşqadam bölib, jami tanlovlarning qariyb uçdan bir qismini band etgan. Ikkinçi örinda massajçilik (20 361 ta vauçer, 120 soat), uçinçi örinda esa raqamli iqtisodiyot talablariga mos kompyuter grafikasi mutaxassisi (11 597 ta vauçer, 240 soat) yönalişi bormoqda. Şuningdek, savdo va xizmat körsatiş sohasidagi merçandayzer (8 739 ta, 36 soat), ayollar sartaroşi (7 371 ta, 144 soat), kompyuter texnikasi montajçisi (6 672 ta, 144 soat), karving sanʼati ustasi (5 965 ta, 72 soat), örta malakali buxgalter (4 788 ta, 184 soat), payvandlovçi (4 309 ta, 120 soat) hamda videomontajçi (3 568 ta, 120 soat) kasblari eng xaridorgir yönalişlar öntaligidan joy olgan.
Umumlaştirib aytganda, vauçer tizimi fuqarolarga taʼlim muassasasi va kasb yönalişini mustaqil tanlaş erkinligini beriş orqali öquv markazlari örtasida sifat uçun raqobatni kuçaytirdi. Bu esa byudjet mablağlarining maqsadli va samarali sarflanişini taʼminlaş bilan bir qatorda, işsiz aholini real mehnat bozori talablariga javob beradigan kasb-hunarlarga yönaltirişda muhim omil bölib xizmat qilmoqda.
ÖzA