Buxoroda kutubxonaçilik sohasi tarixi va istiqboli muhokama qilindi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida «INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026» XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Maʼrifat maskani – 105 yil: tarixdan kelajak sari, maʼrifat bilan hamqadam!» mavzusida ilmiy konferensiya bölib ötdi.
Anjumanda soha olimlari, tarixçi va manbaşunoslar, kutubxona mutaxassislari iştirok etdi. Buxoroda kutubxonaçilikning bir asrdan ortiq tarixi, noyob Şarq qölyozmalarini örganiş va tarğib etiş, yoşlar örtasida mutolaa madaniyatini yuksaltiriş hamda sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qiliş masalalari muhokama qilindi.
Konferensiyada Buxoroda 1920–1930-yillarda kutubxonaçilik faoliyatining şakllanişi, qölyozma kitoblarni töplaş tarixi haqida maʼruzalar tinglandi. Markaz fondida saqlanayotgan noyob Şarq qölyozmalarining ilmiy va tarixiy ahamiyati xususida söz yuritildi.
Yoş avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişda axborot-kutubxona muassasalarining örni va kelgusidagi vazifalariga alohida eʼtibor qaratildi. Kutubxonalar bugun kitob saqlaş va mutolaa qiliş maskani böliş bilan birga, aholining bilim va axborotga bölgan ehtiyojini qondiruvçi, maʼnaviy kamolotiga xizmat qiluvçi markaz sifatida rivojlanayotgani taʼkidlandi.
Anjuman doirasida markazning 105 yilligiga bağişlangan «Muqaddas zaminning maʼrifat xazinasi» kitobi taqdimoti ötkazildi. Naşrda muassasaning taşkil topişi, taraqqiyot bosqiçlari va hudud maʼrifiy hayotida tutgan örni yoritilgan.
Şuningdek, Özbekiston Milliy kutubxonasida foydalaniş mumkin bölgan xorijiy ilmiy-taʼlimiy maʼlumotlar bazalari hamda online.natlib.uz masofaviy xizmatlar platformasi imkoniyatlari taniştirildi. Raqamli resurslardan samarali foydalaniş, ilmiy axborotni masofadan oliş va elektron xizmatlar kölamini kengaytiriş böyiça maʼlumot berildi.
[gallery-32554]
Konferensiyada kutubxonaçilikning boy tarixiy tajribasini zamonaviy yondaşuvlar bilan uyğunlaştiriş, mutolaa madaniyatini rivojlantiriş hamda axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Tohir ISTATOV (surat), ÖzA