BAA mudofaa korporatsiyasi EDGE qurollarini ommaviy ishlab chiqarish va jangovar sinovdan o‘tkazishni boshladi
BAA mudofaa konglomerati “EDGE Group” Yaqin Sharqdagi qurolli mojaro asnosida raketa va dron ishlab chiqarish va jangovar sinov o‘tkazishni boshladi. Aslahalar kompaniya xodimlari tomonidan Abu-Dabi cho‘lida joylashgan omborlarda yig‘ilmoqda.
Mintaqadagi olti oylik harbiy mojaro xoldingga BAAda ishlab chiqarilgan mudofaa mahsulotlarini haqiqiy jangovar sharoitda sinovdan o‘tkazish imkonini berdi.
“EDGE Group” katta ijrochi direktori Al Za’biy so‘zlariga ko‘ra, urushdan oldin kompaniya mahsulotlarining atigi bir necha turi jangovar sinovdan o‘tkazilgan. Ishlab chiqarishga kiritilgan tizimlar jang maydonida samaradorligini isbotladi. Bu Fors ko‘rfazi va Yevropada savdo ko‘lami kengayib, talab ham oshishida hal qiluvchi omil bo‘ldi. Havodan mudofaa tizimiga talab ortishi asnosida “Halcon” xolding sho‘’ba korxonasi dastlab 2028-yil ishga tushirilishi rejalashtirilgan eng so‘nggi “Sky Knight” qisqa masofaga uchadigan qurilma ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Mudofaa konglomerati – “EDGE Group” 2019-yil BAAda milliy mudofaa kompaniyalari birlashishi bilan tashkil etilgan. Kompaniya uchuvchisiz uchish moslamalari, raketa, zirhli transport vositasi, dengiz kemasi va sun’iy intellekt texnologiyasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
S.Rahimov, O‘zA