Anna Prakaten “Parij-2024” yarim finalida
Fransiyaning Parij shahrida o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining akademik eshkak eshish bahslarida chorak final bahslari o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anna Prakaten ishtirok etib, marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi (7:35.91) va yarim finalga yo‘l oldi. Yarim final bahslari 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Anna Parij Olimpiadasining saralash guruhida ishtirok etib, besh nafar sportchi orasida 7:37.80 natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA