Andijonda qariyb 2 kg “gashish” moddasi musodara qilindi
Mamlakatimizda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, bu turdagi jinoyatlarning oldini olish va ularga chek qo‘yish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Marhamat tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida 1993 y.t. mahalliy fuqaro muqaddam narkokur’erlar tomonidan dala maydonidagi xufiy joyga qoldirib ketilgan 1 kg 986 gr “gashish” moddasini o‘zining qarindoshi orqali qabul qilib olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA