23 nafar taekvondoçimiz jahon reytingida
Butunjahon taekvondo federatsiyasi şu yil oktabr oyi davomidagi xalqaro musobaqalarda sportçilar qayd etgan natijalardan kelib çiqib, jahon reytingini eʼlon qildi.
Olimpiya sport turi sanalgan taekvondo (WT)ning yangilangan reytingida Özbekiston terma jamoasining 23 nafar aʼzosi TOP-50dan örin egallagani eʼtiborli voqelik böldi.
Aytiş lozimki, “Los-Anjeles-2028” Olimpiadasi yöllanmalariga ega çiqişda sportçilarning mazkur reytingda yuqori örinlardan joy olişi muhim sanaladi.
Şu jihatdan, Najmiddin Qosimhojiyev, Jasurbek Jaysunov, Svetlana Saidova singari tajribali taekvondoçilarimiz qatorida önlab yoşlarimizning xalqaro reytingdan örin egallaşi AQŞda ötadigan yozgi Olimpiya öyinlarida qatnaşadigan sportçilarimiz sonining ortişiga taʼsir körsatişi bilan ahamiyatli.
Tölqin Röziyev,
ÖzA