Yoshlik chogʻlaridan Amir Temur tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiy, Mavlono Lutfiy, Abdurahmon Jomiy kabi ulugʻ mutafakkirlarning suhbatidan bahramand, ularning tahsini va hayratiga sazovor boʻldi.

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ilm-fan, sanʼat va adabiyot homiysi edi.

Taqdir u kishini zamonaning ulugʻ va sharafli kishilariga yaqin qildi, ustoz-murabbiylar bilan oshno etdi. Yoshlik chogʻlaridan Amir Temur tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiy, Mavlono Lutfiy, Abdurahmon Jomiy kabi ulugʻ mutafakkirlarning suhbatidan bahramand, ularning tahsini va hayratiga sazovor boʻldi.

1466-1468-yillarda Alisher Navoiy Samarqandda yashadi va Fazululloh Abulays madrasasida taʼlim oldi. 1469-yilda Sulton Husayn Boyqaro Hirotni egallaganda Navoiy 28 yoshda, mukammal bilimlar egasi, yurtga tanilgan shoir va tajribali davlat arbobi darajasiga yetgan edi. Boyqaro 1472-yilning fevralida uni vazir lavozimiga tayinlaydi va “Amiri Kabir” (“Ulugʻ Amir”) unvonini beradi. Bu lavozimdan Navoiy el-ulus manfaati, shahar va mamlakat obodonchiligi, madaniyat ravnaqi, adolat tantanasi uchun foydalanadiki, bularning barchasi pirovard natijada Sulton Husayn davlatining barqarorligi va nufuzini taʼminladi.
image_2020-10-21_17-55-36.png

Hirot bu davrda nihoyatda koʻrkamlashdi, xalq turmushi yaxshilandi, sheʼriyat, nafis sanʼat turlari rivoj oldi. Talabalar uchun “Ixlosiya” madrasasi, darveshlar uchun “Xalosiya” xonaqohi, bemorlar uchun “Shifoiya” shifoxonasi, masjidi jome yoniga qorixona (“Dor ul huffoz”) qurildi. Ulugʻ amirning kutubxonasida 70 dan ortiq xattot va musavvir qoʻlyozmalarni oqqa koʻchirish, ularni badiiy bezash bilan band edi. Hirotda yana “Nizomiya”, Marvda “Xusraviya” va boshqa madrasalar bino etildi.

Tarixchilarning yozishicha, Navoiyning bir kunlik daromadi 18 ming shohruxiy dinor miqdorida edi. Ulugʻ Amir bu daromadning koʻp qismini xayrli ishlarga sarf qilgan. Tarixchi Xondamir Navoiy qurgan 52 rabot, 20 hovuz, 16 koʻprik, bir qancha toʻgʻon, ariq, hammom, masjid-madrasalarni eslaydi.

Alisher Navoiy qurgan madrasa, masjid, takka, rabotlar yuz yillar davomida Xuroson xalqlariga xizmat qildi. XIX-XX asrlarda Afgʻonistonda yuz bergan nizo va toʻqnashuvlarda Hirot bir necha marta vayron etildi, ulugʻ bobomiz qurgan binolar ham jiddiy zarar koʻrdi. Hatto Navoiyning maqbarasi ham shikastlanish va qarovsizlikdan xarob holga tushdi. 2015-yilda oʻzbek ustalari ishtirokida Hazratning qabrtoshi va maqbarasi tiklangan va bu hol barchamizni sevintirgan edi.

image_2020-10-21_17-55-22.png

Davlatimiz rahbarining kuni kecha qabul qilingan qaroriga koʻra, 2021-yilda alloma tavalludining 580-yilligi munosabati bilan Hirotdagi bu maqbara taʼmirlanadi.

Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TICA) ham savobli ishga qoʻl urdi. Turkiy xalqlarning gʻururi va iftixori boʻlgan ulugʻ shoir va mutafakkir tomonidan Hirotda qurdirilgan obidalarni taʼmirlash va tarixiy-meʼmoriy meros sifatida xalqqa qaytarish ishlarini olib bormoqda.

Yaqinda Hirotning Guzargoh mavzeida Navoiy tomonidan qurdirilgan jome masjidi TIKAning Hirot vakolatxonasi tashabbusi va moliyaviy koʻmagi bilan taʼmirlandi. 

image_2020-10-21_17-55-16.png

Asliga monand tarzda amalga oshirilgan restavratsiya, qoʻli gul ustalar tomonidan ishlangan gʻishtin va choʻbin bezaklar ulugʻ ajdodimiz tomonidan mehr va eʼtiqod bilan qurdirilgan obidaning yangidan chiroy ochishiga sabab boʻldi.

Qayta tiklangan masjidning ochilishida Hirot gubernatorining oʻrinbosari Nur Ahmad Haydariy, Hirot shahri ziyoratgohlar va vaqflar boshqarmasi direktori Abdulxoliq Haqoniy, Hirot universiteti rektori Abdulla Fayz, guzargoh kompleksining boshqaruvchisi Mir Muhammad Alem ishtirok etdi va Alisher Navoiy nomi bilan bogʻliq tarixiy obidalarni tiklash, restavratsiya qilish shahar ahlini juda mamnun etganini bildirdilar.

TICAning Hirot mintaqasi dasturi koordinatori Ali Ergun Chinar Hirotda Alisher Navoiy va temuriylar bilan bogʻliq osori-atiqalarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha ishlar davom ettirilishini maʼlum qildi.

Joʻliboy ELTAZAROV,“Ipak yoʻli” 
turizm xalqaro universitetibirinchi 
prorektori, filologiya fanlari doktori, professor.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Navoiy masjidi qayta tiklandi