“OKMK” AJ Milliy malaka tizimi iştirokçilari Respublika tanlovida “Eng faol iş beruvçi taşkilot” deb topildi
Milliy malaka tizimini rivojlantiriş yölidagi faoliyat, taşabbus va hamkorlik samaralari yana bir bor eʼtirof etildi. Milliy malaka tizimi iştirokçilari örtasida ötkazilgan Respublika tanlovining yakuniy bosqiçi natijalariga köra, ikkita nominatsiya böyiça ğoliblar aniqlandi.
Tanlov iştirokçilarining faoliyati taqdim etilgan hujjatlar asosida, Nizomda belgilangan baholaş mezonlariga muvofiq 100 ballik tizimda baholandi. Har bir iştirokçining yakuniy natijasi Tanlov komissiyasi aʼzolari tomonidan qöyilgan ballarning örtaça qiymati asosida şakllantirildi.
“Eng faol kasbiy malakalarni rivojlantiriş böyiça tarmoq kengaşi” nominatsiyasida Toğ-kon sanoati, geologiya va mineral resurslar sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantiriş böyiça tarmoq kengaşi yuqori natijalarni qayd etdi.
“Eng faol iş beruvçi taşkilot” nominatsiyasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ğolib deb topildi. Korxonaning tegişli tarmoq kengaşi bilan yölga qöygan muntazam hamkorligi, sohaning amaliy ehtiyojlaridan kelib çiqib kasbiy standartlarni işlab çiqiş va takomillaştiriş jarayonlaridagi faol iştiroki yuqori baholandi. Milliy malaka tizimini rivojlantirişga qaratilgan taklif va taşabbuslari esa taşkilotning uşbu yönalişdagi masʼuliyatli pozitsiyasi hamda amaliy hissasini namoyon etdi.
Tanlov ğoliblarini tantanali taqdirlaş marosimi Şveysariya tomonidan moliyalaştirilayotgan “SKILL-UP” loyihasi bilan hamkorlikda joriy yilning 26-noyabr kuni Toşkent şahridagi Wyndham Tashkent mehmonxonasida ötkaziladi.