Özbekiston Birinçi xonimi “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan uçraşuvda muhim taşabbuslarni ilgari surdi
Xabar berilganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlaridagi iştiroki samarali yakunlandi.
Mazkur taşrif doirasida Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Antaliya şahrida bölib ötgan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi. Tadbirda “Nol çiqindi” (Zero Waste) Global alyansi taşkil etilgani eʼlon qilindi.
Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamaytiriş tamoyillarini ilgari suriş yölidagi saʼy-harakatlarini birlaştirişga qaratilgan.

Ziroat Mirziyoyeva uçraşuvda sözga çiqib, taklif va samimiy mehmondöstlik uçun Turkiya Birinçi xonimi Emine Erdoğanga çuqur minnatdorlik bildirdi hamda uning “Nol çiqindi” taşabbusini xalqaro miqyosda ilgari surişga qöşayotgan şaxsiy hissasini alohida eʼtirof etdi. “Nol çiqindi” Global alyansi taşkil etilişi qöllab-quvvatlandi.
Özbekiston Birinçi xonimi Alyans doirasida ekologik taʼlimni rivojlantiriş, şuningdek, yoşlar tomonidan ilgari surilgan ekologik loyihalarni qöllab-quvvatlaş va amalga oşirişga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surdi.
ÖzA