Sobiq hakam Misrning bekor qilingan goli yuzasidan VAR qarorini tanqid qildi
Asosiy muammo shundaki, futbol qoidalari doimo butun dunyoda bir xil bo‘lgan.
Sobiq ispaniyalik hakam Eduardo Iturralde Gonsales JCH–2026 1/8 finalida Misr milliy terma jamoasining Argentina milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuvida (2:3) bekor qilingan gol bo‘yicha VAR qarori to‘g‘ri bo‘lmaganini ta’kidladi.
"Bu oyog‘iga juda yengil bosish holati edi. VAR qo‘llash falsafasiga ko‘ra, bunday vaziyat hech qachon videoko‘rik uchun asos bo‘lmasligi kerak. Bu bosh hakamning o‘zi baholashi lozim bo‘lgan epizod edi.
Asosiy muammo shundaki, futbol qoidalari doimo butun dunyoda bir xil bo‘lgan. Ammo VAR joriy etilgach, u yagona mezonlarsiz qo‘llanilmoqda. Natijada futbolchilar va muxlislar turli musobaqalarda bir xil vaziyatlarga turlicha yondashuv qo‘llanayotgani sabab chalkashib qolmoqda", — dedi Iturralde.
Ma’lumot uchun, Argentina milliy terma jamoasi chorak finalda Shveytsariya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.