Misr futbol assotsiatsiyasi FIFAga rasmiy shikoyat yubordi
Bahsni Fransua Leteksye boshchiligidagi fransiyalik hakamlar brigadasi boshqargan.
Misr futbol assotsiatsiyasi JCH–2026 1/8 finalida Argentina milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuvdagi (2:3) hakamlik bo‘yicha Xalqaro futbol federatsiyasiga rasmiy shikoyat yubordi.
Bahsni Fransua Leteksye boshchiligidagi fransiyalik hakamlar brigadasi boshqargan.
Misr futbol assotsiatsiyasi prezidenti Hani Abu Rida uchrashuvdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni talab qildi. Jumladan, u Misrning bekor qilingan goli hamda Argentinaning uchinchi goli oldidan penalti belgilanishi kerak bo‘lgan-bo‘lmagani bilan bog‘liq epizodlarni qayta ko‘rib chiqishni so‘radi.
Shuningdek, Abu Rida fransiyalik hakamlar brigadasini JCH–2026 yakuniga qadar musobaqadan chetlatishni talab qilgan.