Shmeyxel: O'sha vaziyatr hakamning yaqqol xatosi bo‘ldi va men bu borada Avstriyaga biroz hamdardman
VAR bu vaziyatga aralashib, golni bekor qilishi lozim edi.
Daniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel JCH–2026 guruh bosqichidagi Argentina va Avstriya o‘rtasidagi uchrashuvda urilgan birinchi gol borasida o‘z e’tirozini bildirdi.
Uning fikricha, Lionel Messi hisobni ochgan vaziyatdan avval argentinalik futbolchilar tomonidan qoida buzilgan va gol hisobga olinmasligi kerak edi.
"Men bu qarorga qo‘shilmayman. Messi ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, ammo bu golni hisoblashmasligi kerak edi. Vaziyat boshida Alexis Mak Allister markazda Xaver Shlagerga nisbatan qoida buzdi. Hakam jarima zarbasi belgilashi kerak edi, biroq o‘yin davom ettirildi va hujum gol bilan yakunlandi.
VAR bu vaziyatga aralashib, golni bekor qilishi lozim edi. Bu hakamning yaqqol xatosi bo‘ldi va men bu borada Avstriyaga biroz hamdardman", — dedi Shmeyxel.
Eslatib o‘tamiz, Messi uchrashuvning 38-daqiqasida hisobni ochgan va Argentina milliy terma jamoasi Avstriya milliy terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
Uchrashuvni hakam Amin Omar boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqargan.