Maykl Ouen Tomas Tuxelga shubha bilan qaramoqda
Uning fikricha, Tuxel bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmaslik kerak edi.
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Maykl Ouen ingliz murabbiyi Tomas Tuxelga ishonmayapti.
Uning fikricha, Tuxel bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmaslik kerak edi. Undan ko‘ra mahalliy murabbiyni terma jamoaga tayinlash ma’qul.
"Tuxel bilan shartnoma uzaytirilganini eshitib hayron qoldim. Uni hurmat qilsam ham, u hali hech nimani isbotlamadi. Jahon chempionatiga olib chiqish bu jasorat emas, balki bizning jamoa uchun oddiy hol. Men har doim aytganimdek, biz uchun murabbiyimiz ingliz bo‘lgani yaxshiroq", - dedi sobiq Oltin to‘p sohibi.
Angliya terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 18-iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.