Ruud Gullit: Jahon chempionati Tijjani Reynders uchun ajoyib imkoniyat
Niderlandiya terma jamoasi so‘nggi bor 2010-yildagi jahon chempionatida finalgacha yetib borgan va XXI asrdagi eng yaxshi natijasini qayd etgan.
Niderlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ruud Gullit "Manchester Siti"da murakkab mavsum o‘tkazgan Tijjani Reynders haqida gapirdi.
"Niderlandiya terma jamoasining boshqa futbolchilari kabi Reynders uchun ham bo‘lajak jahon chempionati o‘zining bor salohiyatini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi. Ular endi yosh va tajribasiz futbolchilar emas va nimalarga qodir ekanini ko‘rsatish vaqti keldi. Bu turnir ularning imkoniyati", - dedi Gullit.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya terma jamoasi so‘nggi bor 2010-yildagi jahon chempionatida finalgacha yetib borgan va XXI asrdagi eng yaxshi natijasini qayd etgan.