Xulian Alvares: Jahon chempionati barchamiz uchun katta ahamiyatga ega
Biz bilamizki, Leo uchun bu jahon chempionati eng so‘nggisi bo‘lishi mumkin.
"Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares terma jamoadagi sherigi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"Biz bilamizki, Leo uchun bu jahon chempionati eng so‘nggisi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu turnir nafaqat biz va barcha argentinaliklar uchun, balki umuman barcha futbol muxlislari uchun ham alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki gap butun dunyo o‘yinlarini sevib tomosha qilgan futbolchi haqida ketyapti", - dedi Alvares.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining amaldagi g‘olibi aynan Lionel Messi yetakchiligidagi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.