Rossiya va AQSh prezidentlari telefon orqali o'zaro muloqot qildi
Putin Jahon chempionati muvafaqqiyatli o'tishini tiladi.
Suhbat davomida Putin AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi Jahon chempionatining qolgan qismi ham muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
"Futbol mavzusi ham muhokama qilindi. Vladimir Putin Rossiyaning 2018 yilgi tajribasini inobatga olgan holda Jahon chempionatining muvaffaqiyatli davom etishini tiladi", — dedi Kreml vakili Yuriy Ushakov.
Ma’lumot uchun, musobaqa 19-iyul kuni o‘z nihoyasiga yetadi.