Infantino Trampga: “Sizsiz bu jahon chempionati bunday muvaffaqiyatli bo‘lmasdi”
Amerika orzusi, janob prezident, haqiqatga aylandi.
FIFA prezidenti Janni Infantino JCH–2026ni o‘tkazishdagi hissasi uchun AQSH prezidenti Donald Trampga minnatdorlik bildirdi.
"Amerika orzusi, janob prezident, haqiqatga aylandi. Biz butun dunyoni birlashtirdik.
Sizga maqtovlar kerak emas, janob prezident. Ammo shuni aytishim kerakki, sizsiz bu jahon chempionati bunday ajoyib muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lardi", — dedi Infantino.
Mazkur fikrlar JCH–2026 finali oldidan Nyu-Yorkdagi Trump Tower binosida Donald Tramp bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida yangradi.
Eslatib o‘tamiz, mundial finalida 19-iyul kuni Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.