Ronald Kuman: Agar Jahon chempionatida ham hakamlar darajasi shunday bo‘lsa, hali ko‘p kulgili voqealarga guvoh bo‘lamiz
Men bundan ko‘ra Jazoirga qarshi o‘yindan keyin ko‘proq xafa bo‘lgan edim.
Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bahsdan so‘ng bosh murabbiy Ronald Kuman o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Menimcha, hujumchilar doimo gol urishni xohlaydi. Umid qilamizki, imkoniyatlar yaratishda davom etamiz. Bitta imkoniyat yaratish yaxshi, lekin ikkita gol urish, tabiiyki, yanada muhim. Aks holda ko‘p o‘yinlarda g‘alaba qozona olmaysiz.
Hozir men unchalik ham hafsalam pir bo‘lgan holatda emasman. Men bundan ko‘ra Jazoirga qarshi o‘yindan keyin ko‘proq xafa bo‘lgan edim. Chunki o‘sha uchrashuvning birinchi bo‘limida juda ko‘p yaxshi vaziyatlar yaratgandik.
Bu safar esa qizil kartochkagacha deyarli hech narsa qo‘ldan chiqarganimiz yo‘q edi. Ammo qizil kartochka epizodi mutlaqo tushunarsiz holat bo‘ldi.
Axir, ayting-chi, atayin qo‘l bilan o‘ynash bo‘lmagan vaziyatda qanday qilib futbolchiga qizil kartochka berish mumkin? Agar Jahon chempionatida ham hakamlar darajasi shunday bo‘lsa, hali ko‘p kuladigan voqealarni ko‘ramiz",- dedi Kuman.
Ma’lumot uchun, nazorat uchrashuvida "uchar gollandlar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi nazorat bahsida esa aynan shu hisobda vakillarimizning qo‘li baland keldi.