Rodri: «Lamin Yamal — ajoyib futbolchi»
30 yoshli Rodri uchun «Atletik»ka qarshi bahs «Barselona» safidagi debyut uchrashuvi bo‘ldi. U 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes jamoadoshi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
Kataloniyaliklar payshanba kuni La Liga doirasida «Atletik» Bilbaoni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Yamal uchrashuv davomida raqib darvozasi tomon yettita zarba berdi. Gol ura olmagan bo‘lsa-da, beshta golli vaziyat yaratib, bu borada uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
«Lamin — ajoyib futbolchi. U ortda qolgan murakkab davr tufayli biroz tushkun edi. Biz uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qildik. Bugun uning eng yaxshi holatini ko‘rganimizdan xursandman.
U gol urmagan bo‘lsa ham, o‘yini bizni quvontirdi. Biz undan aynan shuni kutgandik. Gollar albatta keladi, chunki uning iqtidori doimo o‘zi bilan», — deya Rodrining so‘zlarini Barca Universal keltirdi.
30 yoshli Rodri uchun «Atletik»ka qarshi bahs «Barselona» safidagi debyut uchrashuvi bo‘ldi. U 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.