Messi: “Yamal dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, ammo finalda bunga yo‘l qo‘ymaymiz”
19 yoshida u allaqachon dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylangan.
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi JCH–2026 finali oldidan Ispaniya vingeri Lamin Yamal haqida iliq fikr bildirdi.
"Lamin — ajoyib futbolchi. Men uni anchadan beri kuzataman, chunki u men sevadigan klub safida o‘ynaydi.
Unga doim omad tilayman. 19 yoshida u allaqachon dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylangan. Oldinda uni katta faoliyat kutmoqda va tarix yaratish imkoniyatiga ega.
Ammo bu safar bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.
Hozir u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Unga omad tilayman, chunki uning muvaffaqiyati “Barselona” uchun ham foydali. Ispaniya tarkibida ajoyib futbolchilar bor va jamoa juda yaxshi o‘ynamoqda. Lekin bizning ham o‘z qurollarimiz bor", — dedi Messi matbuot anjumanida.