O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da start olishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning iyun-iyul oylarida AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlarida jahon chempionati turniri bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor.
Mundialda O‘zbekiston terma jamoasi ham o‘z tarixida ilk bor ishtirok etadi. Terma jamoamiz vakillari turnirga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirgan. Vakillarimizning ikkinchi nazorat o‘yinidagi raqibi ham ma’lum bo‘ldi. Futbolchilarimiz 8-iyun kuni Nyu-Yorkda Niderlandiya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da start olishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, “oq bo‘rilar” mundialning “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.