O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga mag‘lub bo‘ldi
Yakuniy hisob 2:0 Kanada g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Kanada va O‘zbekiston terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Edmontonda bo‘lib o‘tgan bellashuvda mezbonlar g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘lim tengkurashlar ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar o‘yinga temp qo‘sha oldi va 53-daqiqada Jonatan Osorio Abduvohid Ne’matov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. O‘yinga qo‘shib berilgan birinchi daqiqada esa Jeydon Nelson oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Yakuniy hisob 2:0 Kanada g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini 8-iyun kuni Niderlandiyaga qarshi o‘tkazadi.