O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin
Qayd etilishicha, ushbu bahs kuzgi FIFA kunlari doirasida o‘tkazilishi mumkin.
Rossiya terma jamoasiga nisbatan UEFA va FIFA tomonidan qo‘llangan sanksiyalar hanuz amal qilmoqda. Shu sababli jamoa faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, O‘zbekiston Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etilishicha, ushbu bahs kuzgi FIFA kunlari doirasida o‘tkazilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi joriy yozda o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etdi. Jamoa guruh bosqichida Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga 0:5 va DR Kongoga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi.
Hozirgi vaqtda Rossiya terma jamoasi FIFA reytingida 35-o‘rin, O‘zbekiston esa 60-o‘rinda bormoqda.