Neymar tanqidlarga javob berdi: «Mashg‘ulot o‘tkazishimga ham ruxsat berasizlarmi?»
Poker turniriga esa dam olish kunimda borganman.
«Santos» hujumchisi Neymar poker o‘ynashi uning futbolchilik faoliyatiga hech qanday xalaqit bermasligini aytdi.
"Odamlar doim poker o‘ynayotganim haqida gapirishadi. Ammo bugun ertalab mashg‘ulot o‘tkazdim. So‘nggi o‘yinni endigina mashg‘ulotlarga qaytganim uchun o‘tkazib yubordim. Poker turniriga esa dam olish kunimda borganman.
Hozir esa navbatdagi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘ryapman. Sizlardan bir narsani so‘ramoqchiman: menga mashg‘ulot o‘tkazishga ruxsat bormi yoki bunga ham e’tiroz bildirasizlarmi? "— deb yozdi Neymar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq 34 yoshli futbolchi San-Pauludagi poker turnirida ko‘ringani uchun ijtimoiy tarmoqlarda tanqid ostida qolgan edi. Bunga sabab u ayni paytda Braziliya chempionati va Janubiy Amerika kubogidagi «Santos»ning so‘nggi uchrashuvlarida maydonga tushmagani bo‘ldi.
«Santos» Neymarning 26-iyul kuni Braziliya chempionati doirasida «Shapekoense»qarshi uchrashuvda maydonga qaytishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Neymar JCH–2026da Braziliya terma jamoasi safida 2 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol muallifi bo‘lgan.