Manuel Noyer faoliyatini yakunlash haqidagi gaplarga javob qaytardi
Noyerning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.
«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer kelajagi haqida gapirdi. Germaniya klubi o‘rtoqlik uchrashuvida «RB Leypsig»ni 3:1 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng 40 yoshli darvozabon faoliyatini yakunlash ehtimoliga munosabat bildirdi.
“ Avvalo, o‘zimni yaxshi his qilayotganimni aytishim kerak. Har qanday o‘rtoqlik uchrashuviga, raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, jiddiy yondashish kerak. Biz Osiyoda «Aston Villa»ga qarshi ham o‘ynadik va o‘sha bahsda ham, hozirgidek, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Albatta, ko‘plab almashtirishlar bo‘ldi, murabbiy futbolchilarga o‘yin amaliyoti berishga va yuklamani taqsimlashga harakat qildi. Biz g‘alabaga loyiq edik va yaxshi o‘yin namoyish etdik”
— Kelasi yozda faoliyatingizni yakunlaysizmi?
“Hamma narsaning o‘z vaqtida bo‘lishiga imkon beraman, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Bu mavsumni eng yuqori maqsadlar uchun kurashish niyatida o‘tkazaman. Undan keyin nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi”, — dedi Noyer. Uning so‘zlarini Goal.com keltirdi.
Noyerning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda darvozabon barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 40 ta gol o‘tkazib yubordi va 10 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.