Nestor Lorenso Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib qoladi
60 yoshli Nestor Lorenso boshqaruvida Kolumbiya terma jamoasi 2024-yilgi Amerika kubogida kumush medallarni qo‘lga kiritgan.
Kolumbiya futbol federatsiyasi Nestor Lorenso terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida faoliyatini davom ettirishini rasman e’lon qildi.
Kolumbiya terma jamoasi JCH–2026da nimchorak finalgacha yetib bordi. Ushbu bosqichda jamoa Shveysariyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.
Mundialda kolumbiyaliklar Portugaliya, DR Kongo va O‘zbekiston ishtirok etgan guruhda birinchi o‘rinni egalladi. 1/16 finalda esa Gana ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olgandi.
60 yoshli Nestor Lorenso boshqaruvida Kolumbiya terma jamoasi 2024-yilgi Amerika kubogida kumush medallarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, jamoa 2022–2024-yillar oralig‘ida qariyb ikki yil davomida mag‘lubiyat nimaligini bilmagan edi.