Nestor Lorenso: “Kolumbiya g‘alabaga ko‘proq loyiq edi”
Kolumbiya milliy terma jamoasi guruh bosqichini 7 ochko bilan K guruhi peshqadami sifatida yakunladi va 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Nestor Lorenso JCH–2026 guruh bosqichining uchinchi turida Portugaliya milliy terma jamoasi bilan 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng jamoasi o‘yiniga yuqori baho berdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Kolumbiya bahs davomida ustun o‘ynagan va g‘alabaga loyiq bo‘lgan.
"Menimcha, Kolumbiya butun uchrashuv davomida ajoyib o‘yin namoyish etdi. Biz g‘alabaga haqli edik, chunki ko‘plab gol vaziyatlarini yaratdik. Afsuski, yakuniy zarbalarda aniqlik yetishmadi.
Futbolchilarimni chin dildan tabriklayman. Ular bor kuchlarini ishga soldi va bugun ajoyib harakat qilishdi. Portugaliya kuchli jamoa, ularning murabbiyi ham eng iliq e’tiroflarga loyiq. Biroq mening fikrimcha, bugungi o‘yinda ustunlik biz tomonda bo‘ldi", — dedi Lorenso.
Ma’lumot uchun, Kolumbiya milliy terma jamoasi guruh bosqichini 7 ochko bilan K guruhi peshqadami sifatida yakunladi va 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Kolumbiyaliklar pley-offda Gana milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.