Mundialda terma jamoalarni sport formasi bilan taminlashda qaysi brend yetakchilik qilmoqda?
Milliy jamoamiz bu turnirda 7Saber brendida ostidagi liboslardan foydalanadi.
2026-yil AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida qatnashadigan 48 ta jamoa nomi ham ma’lum bo‘ldi. Demak qaysi terma jamoalar qanday brend ostida maydonga tushishini bilib olishimiz mumkin.
Adidas 14 ta terma jamoa bilan hamkorlik qilmoqda va bu borada peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onani esa Nike (12 ta) va kuchli uchlikni Puma (11 ta) yakunlab beradi. Qolgan brendlar: Reebok, Umbro, Kelme va mahalliy kompaniyalar yana 11 ta terma jamoani kiyintirmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yil bo‘lib o‘tadigan mundialda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Milliy jamoamiz bu turnirda 7Saber brendida ostidagi liboslardan foydalanadi.
