Meksika terma jamoasi sobiq futbolchisi Chicharito Jahon chempionati o‘yinlarida sharhlovchilik qiladi
Zlatan Ibrohimovich va Terri Anri kabi katta nomlar ham mundial davomida uchrashuvlarda sharhlovchilik qiladi.
Chicharito nomi bilan tanilgan Meksika terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubi sobiq forvardi Xaviyer Ernandes jahon chempionatida sharhlovchi bo‘lishini ma’lum qildi.
Xaviyer Ernandes "Fox Sports" bilan shartnoma imzolagan. Chicharito futbolchi sifatida Meksika terma jamoasi bilan 2010-2014-va 2018-yildagi mundiallarda ishtirok etgan. U jahon chempionati o‘yinlarini sharhlab boradigan yagona taniqli futbolchi emas. Zlatan Ibragimovich va Terri Anri kabi katta nomlar ham mundial davomida uchrashuvlarda sharhlovchilik qiladi. Jahon chempionati bahslariga 11-iyun kuni start beriladi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining amaldagi g‘olibi Lionel Messi yetakchiligidagi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.