Jahon chempionati finalini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi ma’lum
Bu o'yin Vinchich uchun joriy yildagi mundialdagi 4-bellashuv bo'ladi.
Mundial finalidan o‘rin olgan Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni sloveniyalik Slavko Vinchich boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo‘ldi.
Slavko Vinchich final bahsiga qadar 5ta jahon chempionati uchrashuvida ishlagan. 2022-yilda Qatar mezbonlik qilgan turnirda Saudiya Arabistoni - Argentina hamda Uels - Angliya o‘yinlarida referilik qilgan bo‘lsa, joriy yildagi mundialda dastlab, Braziliya - Marokash uchrashuvida bosh hakam vazifasini bajargan. Keyinchalik Iordaniya - Jazoyir va Meksika - Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ham faoliyat ko‘rsatgan. 19-iyul kuni AQSHda joylashgan "Metlayf" stadionida bo‘lib o‘tadigan Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi final uchrashuvi ham Vinchichga ishonib topshirildi. Qiziqarli tomoni sloveniyalik referi Ispaniya terma jamoasi ishtirokidagi 4ta uchrashuvni boshqarib borgan va birortasida ispanlar mag‘lub bo‘lmagan. YEVRO-2024ning yarim finalidan o‘rin olgan Ispaniya - Fransiya uchrashuvida ham aynan Vinchich ish olib borgan va "qizil furiya" g‘alaba qozongan edi.
Final bahsi 19-iyul kuni soat 23:59da start olishi rejalashtirilgan.
3-o‘rin uchun bo‘lib o‘tadigan Fransiya - Angliya bellashuvida esa venesuelalik Xesus Valansuela boshchiligidagi hakamlar brigadasi faoliyat yuritadi. Valansuela bungacha JCH-2026da Avstriya -Turkiya, Bosniya - Qatar va Kot-d’Ivuar - Norvegiya uchrashuvlarida ham bosh hakam vazifasini bajargan. Bronza medallari uchun bahs 19-iyun kuni tungi soat 02:00da boshlanadi.