Marselo Bielsa: Arauxoning jarohat olish yoki olmasligiga biz javobgarmi
Hozir u o‘zi to‘liq ishona oladigan odamlar nazorati ostida ishlamoqda.
Urugvay terma jamoasi ustozi Marselo Bielsa jamoa himoyachisi Ronald Arauxo haqida gapirdi.
"Agar futbolchi mashg‘ulot vaqtida jarohat olsa, demak nimadir noto‘g‘ri bo‘lgan. Ronaldnig jarohat olmasligiga biz javobgarmiz. Hozir u o‘zi to‘liq ishona oladigan odamlar nazorati ostida ishlamoqda. Birorta ham qarorni futbolchining roziligisiz qabul qilmaymiz", - dedi mutaxassis.
Urugvay terma jamoasi bugun tongda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.