Mikel Arteta: «APLni o‘z stadionimizda g‘alaba bilan boshlashni istayman»
Bizni haqiqatan ham qiyin raqib kutib turibdi.
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta yangi mavsum APL starti va 1-turda «Koventri»ga qarshi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men har qachongidan ham ko‘proq hayajondaman va motivatsiyaga to‘laman. Premyer Ligani o‘z stadionimizda, muxlislarimiz qarshisida boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman. Ajoyib o‘yin o‘tkazib, g‘alaba qozonishni istayman.
Bizni haqiqatan ham qiyin raqib kutib turibdi. «Koventri»ning klub sifatida erishgan natijalari taassurot qoldiradi. Frenkning faoliyati esa katta hurmatga loyiq. Ular uzoq yillik tanaffusdan so‘ng APLga qaytish huquqini munosib tarzda qo‘lga kiritdi. Ular shunchaki bu yerda paydo bo‘lib qolishgani yo‘q — APLda ishtirok etishga to‘liq haqli.
Menga ularning qanday o‘ynashi va har bir uchrashuvda qanday jasorat bilan harakat qilishi yoqadi. Men barcha statistikani bilaman, chunki ularning ko‘plab o‘yinlarini tomosha qilganman. Ishonchim komil, juma oqshomida ular o‘z ambitsiyalarini namoyish etishadi. Biz esa nimani kutish kerakligini bilamiz va bunga tayyormiz", — dedi Arteta.
«Arsenal» — «Koventri» uchrashuvi 21 avgust kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.