Markaziy Osiyo kasaba uyushmalari kubogi O‘zbekiston jamoasiga nasib etdi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida «Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi kubogi» uchun mini futbol musobaqalari yakuniga yetdi.
Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston kasaba uyushmalarining mini futbol jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
[gallery-29027]
Bugun musobaqaning final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Keskin va murosasiz kechgan bahslar yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
G‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasini O‘zbekiston jamoasi egalladi. Qozog‘iston jamoasi ikkinchi o‘rinni, Qirg‘iz Respublikasi jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, musobaqa davomida faol ishtirok etgan bir qator o‘yinchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar va mehmonlar uchun kuy-qo‘shiq va raqslardan iborat konsert dasturi namoyish etildi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA