Voleybol bo‘yicha mamlakat chempionatining V turi may oyida o‘tkaziladi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da erkaklar o‘rtasida voleybol bo‘yicha mamlakat chempionatining IV tur bahslari yakunlandi. 17–26-aprel kunlari oliy liga jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu bosqichda 16 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Musobaqaning mazkur bosqichida jamoalar chempionat jadvalidagi o‘z o‘rnini mustahkamlash hamda yuqori pog‘onalar uchun muhim ochkolarni qo‘lga kiritish maqsadida maydonga tushdi. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tdi.
[gallery-29015]
Joriy yilning 20–31-may kunlari mamlakat chempionatining hal qiluvchi V tur bahslari ham “Olimpiya shaharchasi”da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda 8 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Hozircha musobaqa natijalariga ko‘ra, “Uzbektelekom”, “Road Patrul” va “HUMO” jamoalari peshqadamlik qilmoqda.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA