Neymar terma jamoadagi faoliyatini yakunlashiga ishora qildi
Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblandi.
Neymar JCH–2026 1/8 finalidan so‘ng Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashiga ishora qildi.
Braziliya milliy terma jamoasi Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnir bilan xayrlashdi. Neymar uchrashuvning ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushib, qo‘shib berilgan daqiqalarda penaltini aniq amalga oshirdi.
“Men kurashdim va kurashdim. Endi hammasi tugadi. Men shu yerda boshladim va shu yerda yakunladim”, — dedi Neymar.
Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U 2010-yildan buyon milliy jamoa safida 130 ta uchrashuvda maydonga tushib, 80 ta gol urgan va 59 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.