Luka Modrich jahon chempionatiga qadar safga qaytadi
Uning "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga yetadi.
Italiyaning "Milan" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich jarohat olgan va "Yuventus"ga qarshi o‘yinda almashtirilgan edi.
Modrichnig yonoq suyagi singani va mavsum yakunigacha safdan chiqqani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi. Shu bilan bir qatorda Xorvatiya OAVlarida Modrichning mundial startigacha tiklanib ulgurishi va terma jamoasiga yordam bera olishi ta’kidlangan. Ayni vaqtda Luka 40 yoshda. Uning "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, Modrich yetakchiligidagi xorvatlar mundialning guruh bosqichida Angliya, Gana va Panama terma jamoalari bilan bahs olib boradi.