L’Équipe: Xvicha Kvaratsxeliya — «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlardan biri
O‘tgan mavsumda gruziyalik futbolchi barcha musobaqalarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 11 ta assist amalga oshirdi.
Fransiyaning nufuzli L’Équipe nashri yangi sonining bosh sahifasini PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaga bag‘ishladi. Muqovada «LE PRÉTENDANT» («Da’vogar») sarlavhasi joy oldi.
Nashrning ta’kidlashicha, jahon chempionatida yaqqol ajralib chiqqan yulduz bo‘lmagan bir paytda, Kvaratsxeliya Chempionlar ligasidagi ajoyib mavsumi tufayli «Oltin to‘p» uchun to‘laqonli nomzodga aylangan.
O‘tgan mavsumda gruziyalik futbolchi barcha musobaqalarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 11 ta assist amalga oshirdi.
Xvicha Kvaratsxeliyaning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bozor qiymati 140 million yevroni tashkil etadi.