Lotar Matteus: «Oltin to‘p»ni Xarri Keyn olishi kerak
Men uchun Keyn — “Oltin to‘p”ning asosiy da’vogari.
«Bavariya»ning sobiq afsonaviy futbolchisi Lotar Matteus 2026-yilgi «Oltin to‘p» mukofoti hujumchi Xarri Keynga topshirilishi kerak, deb hisoblamoqda.
Angliyalik futbolchi Yevropaning «Oltin butsa»sini qo‘lga kiritdi va «Bavariya» bilan ichki turnirlardagi barcha sovrinlarni yutdi. Biroq Myunxen klubi Chempionlar Ligasida, Angliya terma jamoasi esa JCh-2026da yarim final bosqichida to‘xtadi.
«Men uchun Keyn — “Oltin to‘p”ning asosiy da’vogari. Men butun yil davomida ko‘rsatilgan o‘yinni baholayman — bitta uchrashuv yoki faqat jahon chempionatini emas.
Bir nechta futbolchi “Barselona” bilan La Ligani va Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatini yutdi. Ammo ulardan kimdir boshqalardan yaqqol ajralib turdimi? Yamal misolida — yo‘q.
Messi “Inter Mayami” bilan MLSda chempion bo‘ldi, biroq bu liga Yevropa chempionatlarichalik kuchli emas. U JCh-2026da sakkizta gol urdi, ammo ikki marta penaltidan foydalana olmadi.
Mbappe Fransiya bilan jahon chempionati yarim finaliga chiqdi, ammo “Real” bilan hech qanday sovrin yuta olmadi. Angliyalik Jyud Bellingemga nisbatan ham xuddi shunday.
Keyn “Bavariya” bilan ikkita ichki sovrinni qo‘lga kiritdi. Uning Chempionlar Ligasi va JCh-2026 finaliga chiqa olmagani — yagona kamchiligi. U ajoyib futbol namoyish etdi va menimcha, mavsum davomida birorta ham muvaffaqiyatsiz davri bo‘lmadi.
U va Rodri maydonda gapiradigan futbolchilar. Ular futboldan tashqari voqealar bilan ortiqcha e’tibor qozonishga urinmaydi. Menimcha, Keyn bu mukofotga hammadan ko‘proq loyiq», — dedi Matteus.
Qayd etish joiz, 22-avgust kuni «Bavariya» Germaniya Superkubogi doirasida Dortmundning «Borussiya»siga qarshi maydonga tushadi.