Legioerlarimiz: Umarali va Hamrobekov bugun maydonga tushishi mumkin
Bugungi bahslarda har ikki o‘zbekistonlik futbolchining maydonga tushishi kutilmoqda.
Bugun, 5-sentabr kuni o‘zbekistonlik legionerlar Umarali Rahmonaliyev va Odiljon Hamrobekov to‘p surayotgan jamoalar o‘z chempionatlarida navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Ozarbayjon Premyer-ligasida Umaralining “Sabah”i “Zira”ni qabul qiladi. “Sabah” avvalgi turda “Araz-Naxchivan”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan, Rahmonaliyev esa o‘sha uchrashuvda zaxirada qolgan edi.
Eron chempionatida esa Hamrobekovning “Traktor”i “Gol Gohar” bilan bahslashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:45 da boshlanadi. Besh turdan so‘ng “Traktor” 13 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Hamrobekov ham jamoa tarkibida qayd etilgan.
Bugungi bahslarda har ikki o‘zbekistonlik futbolchining maydonga tushishi kutilmoqda.