Lamin Yamal: Gavi menga Yevro-2024 tugaganidan buyon rekordini yangilay olmasligimni aytadi
Gavi 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialda Kosta-Rika darvozasiga gol urganida, 18 yoshu 110 kunlik edi.
Ispaniya milliy terma jamoasi va "Barselona" klubi hujumchisi Lamin Yamal Gavi bilan bo‘lgan bahs haqida gapirdi.
"Yevro-2024 turniri yakunlanganidan beri Gavi menga uning rekordini yangilay olmasligim haqida gapiradi. Endi xet-trik qayd etishim kerak deb o‘ylayman. Shunda men jahon chempionatida xet-trik qayd etgan eng yosh ispaniyalik futbolchiga aylanaman va rekordchi bo‘laman", - dedi Yamal.
Eslatib o‘tamiz, Gavi 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialda Kosta-Rika darvozasiga gol urganida, 18 yoshu 110 kunlik edi.