Kutubxonachilar mehnati e’tirof etildi (+video)
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida 21-may – Kutubxonachilar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M. Normurodov, viloyatning qator umumta’lim maktablari kutubxonachilari hamda soha mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar barcha kutubxonachilarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, yosh avlodni kitobxonlik ruhida tarbiyalash, ma’naviyatni yuksaltirish va ta’lim sifatini oshirishdagi soha vakillarining hissasini alohida qayd etdi.
[gallery-29536]
Shuningdek, viloyat miqyosida faol va namunali mehnat qilib kelayotgan maktab kutubxonachilari hamda soha fidoyilari Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri hamda viloyat boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbirning eng quvonchli voqealaridan biri – Angor tumanidagi 12-maktab kutubxonachisi Emina Davlatovaning “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani bo‘ldi. Ushbu yuksak mukofot soha vakillarining sharafli va mas’uliyatli mehnatiga berilgan munosib baho sifatida e’tirof etildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5TwyxhWdyhQ" title="Kutubxonachilar mehnati e’tirof etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA