Krishtianu Ronaldu Portugaliya futbol federatsiyasini tabrikladi
Portugaliya vakili bo‘lganimdan faxrlanaman.
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi sardori Krishtianu Ronaldu Portugaliya futbol federatsiyasini tabriklab ijtimoiy tarmoqlariga joyladi. Postda shunday so‘zlar yozilgan:
"Bir asrdan ko‘proq vaqt davomida Portugaliya futboli yangi cho‘qqilarga ko‘tarildi va butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarga ega bo‘ldi. Men bu yo‘lning bir qismi bo‘lganimdan va Portugaliya vakili bo‘lganimdan faxrlanaman. Tabriklayman - Portugaliya futbol federatsiya", - deb yozdi Ronaldu.
41 yoshli futbolchi Portugaliya terma jamoasi qo‘lga kiritgan 3ta sovrinda ham asosiy qahramonga aylangan.