Kim Chen In Seulning uzrini qabul qildi
KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya Prezidentining dron voqeasi bilan bog‘liq uzrini ijobiy qabul qildi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myonning dronlar bilan bog‘liq holat uchun yo‘llagan uzrini ijobiy qabul qildi. KXDR Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi vakili Kim Yo Chjon ta’kidlashicha, davlat rahbari Li Chje Myonning vaziyatga yondashuvi va bunday holatlarning oldini olish uchun ko‘rilgan choralarni “dono va samimiy qadam” sifatida baholagan.
Bir kun oldin Koreya Respublikasi yetakchisi shimoldagi qo‘shni yurt havo hududiga xususiy dronlar parvozi amalga oshirilishini “ig‘vogarona harakat” deb atab, KXDRdan rasman uzr so‘ragan edi. Ushbu qurilmalar 2025-yil sentabr – 2026-yil yanvar oralig‘ida uchirilgani aniqlanib, Janubiy Koreya prokuraturasi bu ishda aybdor deb topilgan uch shaxs – aspirant, razvedka xodimi va harbiy zobitga ayblov e’lon qilgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA